Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari bo‘yicha ma’lumotni taqdim qildi.
Bank bergan ma’lumotga ko‘ra, xalqaro zaxiralar hajmi 2021 yil 1 may holatiga 34,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Aniqlik kiritilishicha, aprel oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 1,5 mlrd dollarga ko‘paygan (o‘tgan oy bu 32,7 mlrd dollarni tashkil etgan).
Shundan xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) hajmi 13,1 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan oyga nisbatan 85,1 mln dollarga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari 32,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Oltin narxining tushishdan to‘xtashi sabab, oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyidan beri ilk marta o‘sishga erishdi.
Zaxiradagi oltinlarning umumiy miqdori 9,5 tonnaga oshib, 11,2 mln unsiyadan 11,7 millionga yetdi.
Izoh qoldirish