“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan benzin va dizel yoqilg‘isi birja savdolarida narxlanmoqda

“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan benzin va dizel yoqilg‘isi birja savdolarida narxlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 4 apreldagi PQ–4664-son qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi birja savdolariga jahon birjalaridagi Brent nefti kotirovkalariga bog‘lab qo‘ygan holda shakllangan boshlang‘ich narxlarda qo‘yib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Iqtisod va rejalashtirish departamentining ma’lumotiga ko‘ra, 12 apreldan 16 aprelgacha 1 barrel Brent neftining o‘rtacha kotirovkasi – 63,8 dollarni, bunda minimal ko‘rsatkich – 62,3 dollarni, maksimal ko‘rsatkich – 65,7 dollarni tashkil etdi.

Mazkur kotirovkalardan kelib chiqib, ushbu davrda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qo‘yilgan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isining shakllangan boshlang‘ich narxlari (1 tonnasi uchun) quyidagilarni tashkil etdi:

Avtomobil benzini:

• Ai-80 markali – o‘rtacha 6 375,6 ming so‘m (minimal – 6 289,9 ming so‘m, maksimal – 6 489,6 ming so‘m);

• Ai-91 markali – o‘rtacha 7 322,8 ming so‘m (minimal – 7 222,5 ming so‘m, maksimal – 7 456,2 ming so‘m);

• Ai-92 markali – o‘rtacha 7 458,6 ming so‘m (minimal – 7 356,4 ming so‘m, maksimal – 7 594,4 ming so‘m);
• Ai-95 markali – o‘rtacha 8 413,5 ming so‘m (minimal – 8 295,4 ming so‘m, maksimal – 8 570,5 ming so‘m);

Dizel yoqilg‘isi:

• EKO markali – o‘rtacha 8 298,6 ming so‘m (minimal – 7 779,2 ming so‘m, maksimal – 8 896,0 ming so‘m);

• Yevro-4 markali – o‘rtacha 8 896,8 ming so‘m (minimal – 8 767,5 ming so‘m, maksimal – 9 068,7 ming so‘m);

• Yevro-5 markali – o‘rtacha 9 064,3 ming so‘m (minimal – 8 932,6 ming so‘m, maksimal – 9 239,4 ming so‘m).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar