«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

2021 yil may oyida o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, «Vkontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 27−1-moddasi talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani aniqlangan.

Bu haqda «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Vkontakte», «Twitter» va «WeChat» ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun O‘zkomnazorat tomonidan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 27−1-moddasi talablariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va «Tencent-Inc» kompaniyalariga ko‘rsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar