O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘yidagilar aniqlandi:
Payariq tumani iste’molchilari tomonidan jami 133,5 mln. kVt soat, shundan sanoat sohasi iste’mochilari tomonidan 6,5 mln. kVt soat, qishloq xo‘jaligi 20,5 mln. kVt soat, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi iste’molchilari 12,7 mln. kVt soat hamda uy xo‘jaliklari tomonidan 93,7 mln. kVt soat elektr energiya bilan ta’minlanib iste’mol qilinadi. Elektr energiya tarmog‘iga 2,1 ming km yuqori voltli liniyalar, 712 ta transformatorlar va 10 ta podstansiyalar xizmat ko‘rsatadi. Tumanning elektr energiya bilan ta’minlanish darajasi 100%ni tashkil etadi.
Tuman bo‘yicha jami 51,7 ming kub metr, shundan sanoat sohasi iste’mochilari tomonidan 11,2 ming kub metr, qishloq xo‘jaligi 2,3 ming kub metr, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi iste’molchilari 0,4 ming kub metr hamda uy xo‘jaliklari tomonidan 37,8 ming kub metr hajmida tabiiy gaz bilan ta’minlanib iste’mol qilinadi. Tumanning gaz quvuri uzunligi 1,1 ming km, gaz moslamalari quvvati 87,6 ming kub va 626 ta gaz taqsimlash moslamalari tashkil etadi. Tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasi 47,7%ni tashkil etadi.
Mahallalardagi ichimlik suvi tarmog‘i quvurlari uzunligi 130,4 km bo‘lib, ichimlik suvi ta’minoti uchun 62 ta suv tozalash inshootlari xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek suv nasoslari kuniga 11,1 ming kub ichimlik suvini iste’molchilarga yetkazib beradi. Markazlashgan tartibda ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 69,0%ni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatining 2846,4 ming nafar yoki 70,6% (jami aholiga nisbatan) aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bunda, Samarqand shahri 100%, Samarqand tumani 92,7%, Toyloq tumani 79,5%, Kattaqo‘rg‘on shahri 79,3%, Qo‘shrabot tumani 79,2%, Paxtachi tumani 79,1%, Urgut tumani 78,3%, Pastdarg‘om tumani 76,5%, Bulung‘ur tumani 70,8%, Payariq tumani 69,0%, Nurobod tumani 58%, Narpay tumani 57,2%, Oqdaryo tumani 40%, Ishtixon tumani 40%, Jomboy tumani 38% va Kattaqo‘rg‘on tumani 36,3%ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, viloyatning 995,5 ming nafar yoki 24,7% aholisi muqobil ichimlik suvi (buloq, daryo va soy, kanal va ariq, quduq, bosma kran, xovuz va boshqa) manbalaridan iste’mol qiladi. Jumladan, 67,1 ming aholi (1,7%) tabiiy buloq suvlaridan, 11,4 ming aholi (0,3%) daryo va soy suvlaridan, 2,9 ming aholi (0,07%) kanal va ariq suvlaridan (Payariq tumani – 0,1%), 5,4 ming aholi (0,1%) hovuz suvidan hamda 908,7 ming aholi (97,8%) skvajina, bosma kran, quduq manbalaridan foydalanadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Samarqand viloyatining deyarli barcha tuman va shaharlarida (Samarqand sh., Kattaqo‘rg‘on sh., Samarqand t. tashqari) shu jumladan Payariq tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish talab etiladi.
Payariq tumanida “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, bunda shamol, quyosh va gidro elektrostansiyalar qurilishi ishlari ahvoli tahlil qilindi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan Harakatlar strategiyasini qabul qilinib, ushbu xujjat barqaror va inklyuziv rivojlanishga erishish uchun mavjud ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga asosan Payariq tumanida tadbirkorlik sub’yektlarining bino va inshootlarida (500 KVt li) hamda tadbirkorlar tomonidan kichik fotoelektrostansiyalari (10 KVt li) va quyosh pannellari barpo etish belgilangan.
Shundan, 2023 yilda Samarqand viloyatida tadbirkorlik sub’yektlarining bino va inshootlarida jami 370 ta (shundan Payariq tumanida 10 ta) quvvati 18,5 MVt lik quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Payariq tumanida tadbirkorlik sub’yektlarining bino va inshootlarida 70 KVt li quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, kichik fotoelektrostansiyalarini barpo etish uchun tashabbuskorlar va yer tanlash ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 1-choragida Payariq tumanida 2 ta tadbirkorlik sub’yektlarining bino va inshootlarida quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, muqobil elektr energiya manbalarini o‘rnatish reja topshirig‘i 14%ga bajarildi.
Izoh qoldirish