“Poytaxt biznes majmuasi”, “Beldirsoy oromgohi”, “Sijjak” va “Malika” savdo majmualarining davlat aktivlari sotuvga chiqarildi

“Poytaxt biznes majmuasi”, “Beldirsoy oromgohi”, “Sijjak” va “Malika” savdo majmualarining davlat aktivlari sotuvga chiqarildi

“Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmon bilan davlatning bir qator yirik aktivlarini xususiylashtirish belgilangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati mazkur farmonga muvofiq, quyidagi davlat aktivlarini yangicha, zamonaviy usullar orqali sotish bo‘yicha savdolar boshlanganini e’lon qildi.

“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi, “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani, “Sijjak” dam olish maskani, “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”, “Ma’muriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi).

Davlat aktivlarini sotish ishlari Davlat tender komissiyasi tomonidan amalga oshirilib, savdolar ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi, ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar