Iqtisodiy kompleksning o‘rta va quyi darajadagi vakillari mahallalarda ishlashga yo‘naltiriladi (+video)

Iqtisodiy kompleksning o‘rta va quyi darajadagi vakillari mahallalarda ishlashga yo‘naltiriladi (+video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni 2021 yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu haqda gapirdi.

Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, 2021 yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti kamida 5 foiz o‘sishi maqsad qilingan. Biroq, global iqtisodiyotdagi noaniqlik uzoq davom etishi mumkinligi iqtisodiy o‘sishning qo‘shimcha zaxiralarini topish va safarbar qilishni talab etmoqda.

Shu bois Prezident barcha darajadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganish, “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qo‘ymoqda.

Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish mexanizmi muhokama qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar