Joriy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasiga aholi tomonidan jami 2 ming 91 ta murojaat kelib tushgan. Ularning aksar qismi, ya’ni 90 foizi tezkorlik bilan hal etilgan.
Jumladan, Kosonsoy tumani “Jar” mahallasi aholisini maktab masalasi yillar davomida qiynadi. Qishning chillasiyu yog‘ingarchilik kunlarda uzoq masofa bosib qo‘shni qishloqqa ilojsiz qatnab ta’lim olayotgan yoshlar uchun bu masalaga nuqta qo‘yildi. Nabixon ota Salomovning mahalla nomidan Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati qisqa fursatlarda ko‘rib chiqilib, ijrosiga kirishildi. 8,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilayotgan 420 o‘rinli maktab sentyabr oyida ish boshlaydi.
Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida Kosonsoy tumanidagi 28 gektar yer maydoni 220 nafar kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj yoshlarga 8 sotokdan bo‘lib berildi. Qurilayotgan issiqxonalar endi yoshlarning daromad manbai bo‘ladi. Xorij mamlakatlarida ishlab, ming bir qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazgan Bahodir Toshpo‘latov ham bugun o‘z elida o‘z yeriga ega bo‘ldi.
Ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishga kirishgan “Ibodulla GOLD invest” FX rahbari dastlab yer maydoni yetishmovchiligi sabab muammolarga duch keldi. U bu masalala bilan Xalq qabulxonasiga bordi va shu yerda yechim topishiga erishdi. Kosonsoy tumanining chekka hududidan yer maydoni ajratildi. Hozirda 120 ta qoramol, 225 bosh qo‘y, 25 ta tuyaqush va 30 quti asalari boqayotgan xo‘jalik rahbari bu ishlar hajmini yanada kengaytirish niyatida. Namangan viloyat Xalq qabluxonasi xo‘jalikka zarur bo‘lgan yer maydonini yanada kengaytirish borasidagi masalani ham tez kunlarda hal qilishini bildirdi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Xalq qabluxonasi aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashda qator tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, “Terriy Jar Tekstil” korxonasida ishlayotgan 700 nafar ishchining 60 nafari aynan Xalq qabulxonasi mutassaddilari tavsiyasi bilan ishga qabul qilingan.
Kosonsoy tumani “Bahoriston” mahallasi fuqarolarining yangi bolalar bog‘chasiga zarurati yuzasidan qilgan murojati ham tez orada o‘z yechimini topdi. Qishloqda mazkur 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim maskani endi bolajonlar un ximat qiladi. Karantin tugashi bilanoq bu maskan kichkintoylarni o‘z bag‘riga oladi.
O‘z yechimini topgan har bir masala insonni baxtu kamoliga yetaklaydi, o‘zining, oilasining ertasiga, kelajagiga bo‘lgan ishonchini yana orttiradi. Shunday ekan, Prezident Xalq qabulxonalari bu ezgu yo‘ldagi say-harakatini, mehnatini davom ettiraveradi.
Izoh qoldirish