Qashqadaryo viloyatining 2022 yil uchun byudjet xarajatlari qancha?

Qashqadaryo viloyatining 2022 yil uchun byudjet xarajatlari qancha?

2022 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 3 483,0 mlrd. so‘m, xarajatlari 5 534,3 mlrd. so‘m prognoz qilingan hamda respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 2 051,3 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan.

Viloyat byudjet parametrlarini ishlab chiqishda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2022-2024 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari hisobga olingan. Xususan, YaHM o‘sish sur’ati 2022 yilda 6,5%, 2023 yilda 6,6% va 2024 yilda 6,9%ni tashkil qilishi prognoz qilingan.

Sanoat sohasining o‘sish sur’ati mos ravishda 6,8%; 7,4%; 7,5%, qishloq xo‘jaligi sohasining o‘sish sur’ati mos ravishda 3,5%; 3,7%; 3,9% hamda chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati mos ravishda 14,2%; 15,5%; 16,1% bo‘lishi prognoz qilingan.

Viloyat byudjetining daromad qismi yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qisman), davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar, mobil aloqa xizmati, alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘idan tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobidan shakllanadi.

2022 yilda viloyat byudjetidan tashkilot va muassalarga taqsimlangan mablag‘lar miqdori 2 570,6 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar:

- Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (tashkilot va muassalar uchun taqsimlangan mablag‘larning 43,8%i);

- Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (18,8%);

- Xalq ta’limi boshqarmasi (14,0%);

- Maktabgacha ta’lim boshqamasi (3,6%);

- Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi (2,5%).

Soliq tizimida olib borilayotgan nomarkazlashtirish siyosati natijasida ko‘plab turdagi soliq va yig‘imlar tuman (shahar)lar ixtiyorida qoldirilmoqda. Xususan, 2022 yilda

- aylanmadan olinadigan soliq (100%);

- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (G‘uzor, Muborak tumanlari -10%, Nishon tumani - 40%);

- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (100%);

- yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdan aksiz solig‘i (100%, Qarshi shahri-20%, Qarshi tumani-50%);

- jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (100%);

- yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (100%);

- noruda materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i (100%);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (100%);

- yig‘imlar (100%, Qarshi shahri - 0%);

- davlat unitar korxonalarining sof foydasidan ajratma (100%);

- davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari va xususiylashtirishdan olingan daromadlar (100%) tuman (shahar)lar mahalliy byudjeti daromadlarini shakllantirmoqda.

2022 yilda Qarshi shahri (184,9 mlrd. so‘m), Chiroqchi (166,5 mlrd. so‘m), G‘uzor (141,9 mlrd. so‘m), Qarshi (138,8 mlrd. so‘m), Koson (130,4 mlrd. so‘m) tumanlari daromadi eng yuqori bo‘lgan, Chiroqchi (344,1 mlrd. so‘m), Yakkabog‘ (247,6 mlrd. so‘m), Qamashi (238,8 mlrd. so‘m), Shahrisabz (232,7 mlrd. so‘m) tumanlari va Qarshi shahri (226,4 mlrd. so‘m) eng yuqori xarajatlarga ega hududlar hisoblanadi.

Umumdavlat soliqlardan tuman (shahar) lar mahalliy byudjetiga qoladigan qismi

Soliq turlari

Tuman (shahar)lar ixtiyorida qoladigan qismi

Aylanmadan olinadigan soliq

100%

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

100 %

(G‘uzor, Muborak tumanlari -10%, Nishon tumani -40%)

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

100%

Yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdan aksiz solig‘i

100%

(Qarshi shahri -20%, Qarshi tumani-50%)

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

100%

(G‘uzor, Nishon tumanlari -10%)

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

100%

Yuridik shaxslar yer solig‘i

100%

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i

100%

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (noruda materiallari)

100%

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

100%

Yig‘imlar

100%

(Qarshi shahri -0%)

Davlat unitar korxonalarining sof foydasidan ajratma

100%

Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari

100%

Xususiylashtirishdan olingan daromad

100%

2022 yilda yuqori byudjetdan ajratiladigan transfertlarning 873,1 mlrd. so‘mi (jami transfertlarning 42,5 foizi) viloyat byudjetiga, qolgan qismi tuman (shahar)lar mahalliy byudjetiga ajratilgan.

Viloyatning Chiroqchi (tuman, shaharlar byudjetiga jami ajratilgan tranfertlarning 15,1%), Qamashi (11,7%), Yakkabog‘ (10,9%), Shahrisabz (10,6%) va Koson (8,1%) tumanlari eng ko‘p, Qarshi shahri (3,5%), Dehqonobod (3,0%), Nishon (2,3%), Mirishkor (2,2%) va Muborak (1,8%) tumanlari eng kam byudjet transferi ajratilgan hududlar hisoblanadi.

Anvar Qobilov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qashqadaryo filiali Sektor mudiri


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar