2022 yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi $547,5 mln.ni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 3,2%ga kamaydi. Tashqi savdoda eksportning ulushi 55,4% (2021 yilga nisbatan 112,3%)ni, import esa 44,6% (82,6%)ni tashkil etgan.
Qashqadaryo viloyati jahonning 73 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi Turkiya (25,5%), Rossiya (16,9%), Xitoy (16,6%), Qozog‘iston (5,3%), Qirg‘iziston (4,4%), Eron (3,5%) va Germaniya (2,1%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tashqi savdo aylanmasini tuman (shahar)lar kesimida solishtirilganda eng yuqori ulush Qarshi tumani (22,8%) va Qarshi shahri (14,8%) hissasiga, eng past ulush esa Ko‘kdala tumani (0,8%) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida viloyatdagi eksportyorlar soni 246 tani tashkil qilib, ular tomonidan $303,4 mln.lik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari – 71,4%, oziq-ovqat mahsulotlari – 19%, tayyor buyumlar – 2,4%, nooziq-ovqat xom-ashyolar – 2,2%, xizmatlar – 1,9%ni tashkil etgan.
Eksport bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Turkiya (35,8%) va Rossiya (21,1%) davlatlari asosiy yetakchi hamkor davlatlar bo‘lgan.
Import. 2022 yilda import hajmi $244,3 mln.ni tashkil qilgan. Import tarkibida mashina va transport asbob-uskunalari – 53,6%, sanoat tovarlari – 26,7%, oziq-ovqat mahsulotlari – 10,5%, kimyoviy vositalar – 5,5%, tayyor buyumlar – 2,9%ni tashkil qilgan.
Import bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar Xitoy (31,2%), Turkiya (12,8%), Rossiya (11,8%), Qozog‘iston (6,8%), Qirg‘iziston (3,6%) davlatlari hisoblanadi.
Izoh qoldirish