Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylaridagi qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari

Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylaridagi qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari

Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi. Viloyatda 23 372,1 mlrd so‘mlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,7%) qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik mahsulotlari va xizmatlar – 22 993,5 mlrd so‘m, mahsulotlari – 5360,8 mlrd so‘m, o‘rmon xo‘jaligi – 297 mlrd so‘m, baliqchilik – 81,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 9,4%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 5-o‘rinni egallagan. Viloyatning YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 40,1%ni tashkil qilgan.

Viloyatda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan-68,1%, fermer xo‘jaliklari tomonidan - 28,3%, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan – 3,6% qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Qishloq xo‘jaligida chorvachilik mahsulotlarining ulushi - 58,7%, dehqonchilik - 41,3%ni tashkil qilgan.

Tuman (shahar)lar kesimida yetishtirilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmini solishtiradigan bo‘lsak, Koson (2276,6 mlrd so‘m), Qamashi (2069,5 mlrd so‘m), va Kasbi (1986,8 mlrd so‘m) tumanlari eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Qarshi shahri (181,5 mlrd so‘m), Shahrisabz shahri (155,1 mlrd so‘m) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Viloyat ko‘rsatkichi (103,7%)dan yuqori o‘sish sur’atlari Nishon (104,3%), Mirishkor (107,8%), Chiroqchi (104,1%), Qarshi shahri (116,6%), Kasbi (105,9%), va Koson (107,4%) tumanlarida kuzatilgan.

Xususan, viloyatda jami 760,2 ming tonna don (o‘tgan yilga nisbatan 108,7%) ishlab chiqarildi.

Jumladan, jami sabzavotlar - 402,8 ming tonna, 148,5 ming tonna kartoshka, meva - 144 ming tonna, oziqabop poliz ekinlari - 159 ming tonna, uzum - 78,2 ming tonna, so‘yish uchun yetishtirilgan tirik vazndagi qoramollar va parrandalar - 228,9 ming tonna, sut - 897,5 ming tonna, 405,8 mln dona tuxum mahsulotlari yetishtirildi.

Joriy yilning mos davrida viloyat bo‘yicha jami 4526,3 tonna (103,6% o‘sish, hududlar orasida 10-o‘rin) baliq ovlangan bo‘lib, shundan asosiy qismi viloyatning Nishon (33,8%), Qarshi (16%), Mirishkor (13,8%) tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo viloyati filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar