Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar. Asosiy kapitilga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 373,3 mlrd so‘m (2021 yilga nisbatan 105,7%) bo‘lib, Respublikadagi ulushi 5,8% (hududlar orasida 6-o‘rin)ni tashkil qilgan.
Viloyatda investitsiyalar o‘zlashtirilishida keskin differensiallik saqlanib qolgan. Xususan, kiritilgan investitsiyalarning 70 foizi viloyatning 4 ta hududi - G‘uzor (22,2%), Qarshi shahri (18,4%), Muborak (16,4%) va Kitob (13%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Chiroqchi (2,2%), Shahrisabz (2,1%), Yakkabog‘ (1,8%), Qamashi (1,8%), Dehqonobod (1,7%) tumanlari va Shahrisabz shahri (1,3%) da investitsiyalar oqimining pastligi kuzatilgan.
Hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar natijasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Mirishkor (6 baravar o‘sish), Kitob (2,2 baravar), Koson (2 baravar), Qamashi (1,7 baravar) tumanlarida keskin o‘sish darajasini qayd etgan. Lekin, Dehqonobod (87,2%), Yakkabog‘ (83,8%), Muborak (72,2%) Shahrisabz (37,3%) tumanlarida investitsiyalar oqimining pasayishi tendensiyasi kuzatilgan.
Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o‘rtacha hajmi 2 153,7ming so‘m (Respublika ko‘rsatkichidan 1407,9 ming so‘m kam), o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,4%ni tashkil qilgan holda Respublika hududlari orasida 8-o‘rinni egallagan.
2-rasm. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar)larida jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (mln so‘mda)
Tuman (shahar)lar kesimida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha Muborak (13,3 mln so‘m), G‘uzor (7,7 mln so‘m), Qarshi shahri (4,8 mln so‘m), Kitob (3,5mln so‘m), va Mirishkor (2,2 mln so‘m) tumanlarining ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.
Qamashi (4,6 baravar), Yakkabog‘ (4,3 baravar), Shahrisabz shahri (3,3 baravar), Kasbi (2,7 baravar), Dehqonobod (2,6 baravar), tumanlari ko‘rsatkichining viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan ancha pastligi qayd qilingan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha ham tumanlar o‘rtasida keskin tavofutning mavjudligi kuzatilgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Muborak tumanida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi Qamashi tumaniga nisbatan 28 baravar, Yakkabog‘ tumaniga nisbatan - 27 baravarga ziyoddir.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 50,9 fozi chet el investitsiyalari hisobidan, 34,9 foizi –korxona va aholining o‘z vositalari hisobidan, 6,3 foizi – banklarning krediti va boshqa qarz mablag‘lari, 6 foizi- davlat byudjeti va 1,3 foizi- qabul qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan.
Izoh qoldirish