2021 yil 20 dekabrda Xalq depetatlari viloyat Kengashining navbadagi 24-sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasini Vazirlar Kengashi raisi xalqiga murojaat qildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali ekspertlari Kengash raisining qoraqalpog‘istonliklarga murojaatining lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazdi.
Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib hududda 2022 yilda asosiy e’tibor qaratiladigan sohalarni ko‘rish mumkin.
Kengash raisi o‘z nutqida jami 3 660 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “Yangi” so‘zini - 26 marta, “Suv” so‘zini – 21 marta, “Qurilish” so‘zini – 20 marta, “Ijtimoiy” so‘zini – 15 marta, “Qishloq” so‘zini – 14 marta, “Yoshlar” va “Aholi” so‘zlarini 12 martadan, “Sanoat” va “Qoraqalpog‘iston” so‘zlariini 10 martadan qo‘llagan. Bundan tashqari, “O‘zbekiston”, “Xizmat”, “Bandlik”, “Maktab”, “Tadbirkorlik”, “Mahalla”, “Investitsiya" so‘zlari ham ko‘p takrorlangan.
Murojaatda, “inson – jamiyat – davlat” taraqqiyot strategiyasiga to‘xtalib, asosiy e’tibor 2021 yil davomida erishilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari, amalga oshirilgan investitsion loyihalar, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga qaratilgan.
Jumladan, 2021 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmi 108,7 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 111,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 105,5 foizga, qurilish-pudrat ishlari 111,6 foizga, xizmatlar hajmi 124,9 foizga o‘sdi.
23 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, bandlik dasturining ijrosi 105 foizga bajarilishi, aholining ishsizlik darajasi yil boshidagi 10,5 foizdan 9,5 foizga kamayishiga erishildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021 yilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga asosan, jami 756 ta loyihalar (shundan dastur doirasida 541 ta loyiha 8 570 ta ish o‘rni va qo‘shimcha rezerv loyihalar 215 ta loyiha ish o‘rinlari 636 ta) ishga tushirilib, ularning evaziga 9 206 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
91,6 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi, umumiy qiymati 5 milliard 100 million dollarlik 2 mingdan ziyod investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Hududlarda 45 ta yangi kichik sanoat zonasi barpo etildi.
Umumta’lim maktablarida optik tolali Internet 100 foizga yetkazildi, bitiruvchilarning 24,7 foizi oliy ta’lim talabalari bo‘lishdi.
Joriy yilning o‘zida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 1304 taga yetdi va qamrov darajasi 71,3 foizga yetkazildi.
5 ta nufuzli oliygoh va xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkaziladi (hozirda 26 foiz). Joriy yilda "Temir daftar"ga kiritilgan 15 190 ta oilaga hamda "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan jami
94 ming nafardan ziyod fuqarolarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatildi.
“Temir daftar”dagi ehtiyojmand oilalar tarkibida bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsizlarning 45 149 nafari (99,7%) bandligi ta’minlandi. Kambag‘allik darajasini qisqartirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari bilan qo‘shimcha daromadlar manbai yaratilgan 30 371 ta ehtiyojmand oilaning yoki “Temir daftar”dagi oilalarning 94 foizi kambag‘allikdan chiqarildi. “Temir daftar”da qolayotgan 2 062 ta (7 943 nafar oila a’zosi) ehtiyojmand oilalarni turmush holatini yaxshilash bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar (jumladan, moddiy yordam ko‘rsatib borish, oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash, ko‘rikdan o‘tkazib, tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning ijtimoiy muammosi yechimi ishlari) amalga oshiriladi.
680,6 km ichimlik suv tarmog‘i qurilib, ta’minlanganlik darajasi 68,1 foizga yetdi.
Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha bugungi kunga qadar 15 ta yangi, 10 ta xususiy tibbiyot muassasasi o‘z faoliyatini kengaytirdi. Shuningdek, 150 o‘ringa mo‘ljallangan Nukus shahrida Ayollar va bolalar shifoxonasini qurilish ishlari boshlandi.
2022 yildagi asosiy vazifalar O‘zbekiston Resppublikasi Prezidentining 2021 yil 6 noyabrdagi lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nutqida belgilangan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”nining 7 ta ustuvor yo‘nalishlarini kelib chiqib belgilandi.
Xususan, 2022 yilda:
- hududdagi jami 76 065 nafar ishsizlar va 9 mingga yaqin mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlar bandligini ta’minlash uchun, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 85 ming nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilib, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi.
- Sug‘orish tarmoqlarining 119 km qismini rekonstruksiya qilish uchun 154,4 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratiladi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 139 km melioratsiya tarmoqlari hamda 82 dona inshoatlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 37,2 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflanadi. "Suyenli” va “Kegeyli” kanallarining 71 km qismi betonlashtiriladi. 5 ta yirik nasos stansiyalari ta’mirlanadi. Aholi tomorqalari suv ta’minotini yaxshilash maqsadida olis hududlardagi 83 ta mahallalarga 332 dona kichik quduqlar qazib beriladi. Shuningdek, 22,5 ming gektar yer maydonlariga suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Shundan, 17,5 ming gektarga tomchilatib sug‘orish va 5 ming gektarga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi tadbiq etiladi.
- Munosib uy-joy va yashash sharoitlarini yaratish, barcha tumanlarida ichimlik suvi va yo‘llarning holatini yaxshilashta 89 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlariga Markazlashgan mablag‘lar hisobidan 509,4 mlrd. so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
- Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2022 yilda 2 ming 80 ta xonadonli 81 ta uy-joylarni qurish rejalashtirilgan.
- Orol bo‘yi hududida ekologik vaziyatni yumshatish, yashil hududlarni ko‘paytirish uchun 1 mln. 300 ming gektar maydonda yangi muhofaza etiladigan tabbiy hududlar tashkil etiladi.
- Orolbo‘yi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va bioxilmaxillikni asrashga qaratilgan umumiy qiymati 9,6 mln. AQSh dollariga teng 9 ta grant loyihasi amalga oshiriladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 14 mln. dona ko‘chat ekish ishlari tashkil etiladi.
- E’lon qilingan “dolzarb 40 kunlik” davomida joriy yil kuz mavsumida 5,5 mln. dona ko‘chatlar ekilib, reja 105 foizga bajarildi. Shuningdek, Nukus shahri va tumanlarda jami 158 gektar maydonda “yashil maydon” hamda 112,8 gektar maydonda yangidan “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
Izoh qoldirish