Qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yo‘naltiriladi

Qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yo‘naltiriladi

“Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (40-son, 28.01.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga muvofiq, barcha turdagi qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yo‘naltirilishi shart.

Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutiladi hamda qurilish ishlari qiymatiga qo‘shiladi.

Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning xavflilik sinfiga ko‘ra:

- xavfsiz qurilishi chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;

- xavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlovchi boshqa idishlarda amalga oshiriladi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar