Raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro simpoziumda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimi ma’ruza qildi

Raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro simpoziumda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimi ma’ruza qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimi Ilyos Rabbimov Xitoy-Shanxay hamkorlik Tashkilotining raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro simpoziumida ma’ruza bilan qatnashdi.

Joriy yilning 12-14 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Karamay shahrida Xitoy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari Akademiyasi (CAICT) va Karamay shahar xalq hukumati hamkorligida Xitoy-Shanxay hamkorlik Tashkilotining raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimi Ilyos Rabbimov simpoziumning “ShHTning donoligi: Intellektual hisoblash imkoniyatlarini kengaytirish” tematik sessiyasida ma’ruza bilan qatnashdi.

Simpozium Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida ko‘p tomonlama va ochiq hamkorlik platformasini yaratishga qaratilgan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar