Respublika ishchi guruhi Jizzaxda qanday muammolarni hal etyapti?

Respublika ishchi guruhi Jizzaxda qanday muammolarni hal etyapti?

Xususan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida viloyat ichki yo‘llarning jami 17,9 km qismi ta’mirlandi. Shundan, 15,4 km yo‘l asfalt qilindi, 2,5 km yo‘lga shag‘al yotqizildi va yo‘l betonlashtirildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 87 ta temir beton tayanchlar, 1 ta transformator o‘rnatildi. Jumladan, Zafarobod tumani “Chimqo‘rg‘on” QFY hududiga 38 ta temir beton ustunlar, Zarbdor tumani “Sharq yulduzi” QFY “Baxt” qishlog‘ida 1 ta transformator punkti o‘rnatildi.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 5,6 km tarmoq tortildi, 1 ta suv nasosi o‘rnatildi, 1 ta suv qudug‘i qazildi. Jumladan, Sh.Rashidov tumani “Yangi diyor”, “Eminsoy”, “Kuyovboshi”, Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li”, Zafarobod tumani “Nurafshon” mahallalarida jami 3,5 km suv tarmoqlarini yotqizish va 1 ta suv qudug‘i qazish kovlash ishlari olib borildi.

Aholiga 5 754 ta qo‘shimcha gaz ballonlari yetkazib berildi. 1 538 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari hamda 345 ta gaz taqsimlash nuqtalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, 67 nafar iste’molchiga bosim sozlagichlar o‘rnatilib, gaz ta’minoti yaxshilandi.

Jami14,2 km uzunlikda optik tola aloqa tarmog‘i tortildi va 115 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim, yoshlar masalalari ham Ishchi guruh e’tibori markazida bo‘lmoqda.

Jumladan, Zarbdor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida, Zafarobod tumani “Tinchlik” mahallasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 639 nafar fuqarolar qamrab olindi, 399 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 20 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Tadbirlarda “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkalari”, ”Salomatlik maydonchalari” tashkil etildi.

Zomin tumani “Navbahor” va “Gulshan” mahallalarida yashovchi 4 nafar uyda ta’lim oluvchi nogiron o‘quvchilarning holidan xabar olindi, o‘quv qurollari hamda sovg‘alar topshirildi.

Viloyatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 811 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga jami 23,5 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 346 nafar fuqaroga 3,6 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 12 nafar fuqaroga 99,5 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar ajratildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 231 nafar xotin-qizlarga 388,6 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 212 nafar xotin-qizlarga 215,6 mln. so‘mlik bir martalik moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, 14 nafar fuqarolarning uy-joy ta’miri uchun 87 mln. so‘m pul mablag‘lari berildi, 5 nafar xotin-qizlarning davolanishi va operatsiyasi uchun 86 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Bundan tashqari, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan va ijobiy hal etilmagan 2 766 ta murojaatlar 13 ta vazirlik, idoralar kesimida ko‘rib chiqish uchun taqsimlandi. Bugungi kun holatiga 115 ta murojaat ijobiy hal etildi. Shundan, bandlik yo‘nalishida 35 ta, xotin-qizlar masalasidagi 32 ta, kredit masalasida 19 ta, pensiya masalasidagi 13 ta , ta’lim, uy-joy kommunal, kadastr, gaz masalalaridagi 16 ta murojaatlar ijobiy hal etildi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar