Davlat soliq qo‘mitasi «obnal firma»lar bilan «soxta» bitimlar tuzgan davlat aksiyalari bo‘lgan 206 ta korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bunday kontragentlar orasida 120 ta davlat korxonasi (47,3 mlrd. so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd. so‘m) korxona aniqlandi.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va biznes uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida faoliyatida soliqlarni to‘lashdan qochishning turli xil sxemalaridan foydalanganlik holatlari kuzatilgan “Shubhali” korxonalar ro‘yxati shakllantirildi.
Ushbu ro‘yxatga kirgan 396ta korxonalar va ularning 10 mingga yaqin kontragentlariga tegishli xabarnomalar yuborilgan. Agarda ular aniqlashtirilgan soliq xisoboti taqdim qilsalar hamda xisoblangan soliq summalarini to‘lasa, huquqiy oqibatlar kelib chiqmasligi va mazkur ro‘yxatdan chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘z faoliyati davomida qalbaki operatsiyalarni amalga oshirib, byudjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirganlar. 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda byudjetga to‘lamagan.
Avvalroq, DSQ 2 534 ta korxonada 534,6 mlrd so‘mlik asossiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlarini yakunlagan edi.
Izoh qoldirish