Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylovoldi kampaniyasi faol pallaga kirayotgani munosabati bilan Prezident matbuot kotibi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan haftalik brifinglar vaqtincha to‘xtatib turiladi, deyiladi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabarida.

Davlatimiz rahbari ishtirokidagi joriy haftaga rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov kanalida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida berib boriladi.

Xususan, bugun Prezident huzurida qator ob’yektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va "Yangi O‘zbekiston" universiteti binolari loyihalari shular jumlasidan.

Ertaga, 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va sessiyaning birinchi kunidayoq yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda nutq so‘zlaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar