Shavkat Mirziyoyev joriy hafta Andijonga boradi

Shavkat Mirziyoyev joriy hafta Andijonga boradi

17−18 iyun kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shuningdek, bu hafta davlat rahbari quyidagi tadbirlarda ishtirok etadi:

- Jumladan, bugun, 14 iyun kuni sog‘liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo‘nalishlariga oid) hamda Toshket viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkaziladi.

- 15 iyun kuni oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi belgilangan.

- Shuningdek, 15 iyun kuni Prezident Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi uchrashadi.

- 16 iyun kuni esa Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi.

- 17-18 iyun kuni Andijonga tashrif rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar