O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti va fuqarolarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda, shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerakligi haqida ta’kidladi.
Bunda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.
Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rish Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga yuklatildi.
"Toshkent shahri bu borada namuna bo‘lishi kerak", dedi Prezidentimiz.
Izoh qoldirish