2023 yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 2 206,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5% ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 177,6 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 8%ni (o‘sish sur’ati 94,1%), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 2 028,7 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 92%ni (o‘sish sur’ati 105,5%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 230,6 mlrd. so‘mni, ulushi 10,5%ni (o‘sish sur’ati 112%) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 516 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 5,9%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 324,7 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 21,4%ni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga oshgan), kichik biznes va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 1 191,3 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 78,6%ni (o‘sish sur’ati 89,9%) tashkil etdi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 454,7 ming so‘mni (2022 yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 102,4%) tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Guliston shahrida 8 671,8 ming so‘m, Yangiyer shahrida 4 337,9 ming so‘m hamda Sirdaryo tumanida 3 243 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Xovos tumanida 728,3 ming so‘m va Boyovut tumanida 954,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish