2024 yil yanvar-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 9 645,7 ming so‘m, Axborot va aloqa 7 136,4 ming so‘m, Tashish va saqlash 5 637,7 ming so‘m sohalariga, nisbatan yuqori ko‘rsatkich Sanoat 4 308,5 ming so‘mni tashkil etib, nisbatan past ko‘rsatkichlar Savdo 3 906,0 ming so‘m, Qurilish 3 830,7 ming so‘m, Ta’lim 3 324,0 ming so‘m hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 3 107,7 ming so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori o‘sish darajasi – Tashish va saqlash sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128,4%ni tashkil etdi. Jumladan, Savdo 123,9%, Sanoat 123,5%, Qurilish 121,8%, Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 117,9%, Ta’lim 111,4% hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 111,3% o‘sgan bo‘lsa, Axborot va aloqa sohasida 96,1%ga tushgan.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7 992,5), ishlab chiqarish sanoati (2 892,4), nisbatan past ko‘rsatkichi suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i (2 759,7)da kuzatildi.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Shirin shahri (10 042,6), nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Yangiyer shahri (6 150,4), eng past ko‘rsatkichlari Guliston (1 302,2) hamda Mirzaobod (1 737,3) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (7 559,1), nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Mirzaobod (5 149,6), Sayxunobod (4 231,7) tumanlari, eng past ko‘rsatkichi Shirin shahri (1 137,1) da qayd etildi.
Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Sayxunobod tumani (5 408,5), eng past ko‘rsatkichi Guliston (1 344,2) tumanida kuzatildi.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida (5 637,7) tashkil etdi.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (7 981), nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Mirzaobod (5 258,1), eng past ko‘rsatkichi Shirin shahri (1 598,2) da qayd etildi.
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Oqoltin (11 870,9), Sayxunobod (11 047,7) tumanlari, Shirin shahrida (10 586,9) hamda nisbatan past ko‘rsatkichi Boyovut (6 724,2) tumanida qayd etilgan.
Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Guliston (4 383,9), Yangiyer shaharlariga (3 668,1) hamda nisbatan past ko‘rsatkichlari Boyovut (2 656,6), Guliston (2 900,8) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Boyovut (4 102,9), Sirdaryo tumanlari (3 879,4) hamda Yangiyer shahri (3 794,4)da kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning Oqoltin (2 184), Sardoba (2 402,8) hamda Mirzaobod (2 599,1) tumanlarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi.
Po‘latov Elyor Sultanovich
Izoh qoldirish