Sirdaryo viloyati sanoat sohasining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari

Sirdaryo viloyati sanoat sohasining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari

2022 yilning yanvar-iyun oylarida jami 5 514,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 110,4% ni (3-o‘rin), respublikadagi ulushi 2,2% ni (12-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Mirzaoobod (122,1%), Sirdaryo (117,4%) tumanlari va Shirin (114,8%) shahrida qayd etilgan bo‘lsa, Yangiyer (93,2%) shahrida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 62,6 foizi Shirin shahri (41,4%) va Sirdaryo (21,2%) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 27,2% ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,6 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 6 246,5 ming so‘mni (5-o‘rin), o‘sish sur’atlari 108,1% ni (4-o‘rin) tashkil etdi.

Shirin (119 487,2 ming so‘m), Yangiyer (5 819,2 ming so‘m) shaharlari va Sirdaryo (8 793,6 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Sardoba (732,4 ming so‘m) va Xovos (1 094,2 ming so‘m) tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 55,7% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi - 0,6%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 43,1%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,6% ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (34,1%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (26,3%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 198 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 13,8%ni tashkil etdi.

Xujakulov Ulug‘bek
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar