Sirdaryo viloyatining 2023 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha sanoat sohasi tahlil qilindi

Sirdaryo viloyatining 2023 yil 1-chorak  yakunlari bo‘yicha sanoat sohasi tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-mart oylarida jami 3 840 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 104,2% ni (2-o‘rin), respublikadagi ulushi 2,9% ni (11-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Sayxunobod (109,7%), Xovos (107,3%) tumanlari va Shirin (109,4%) shahrida qayd etilgan bo‘lsa, Sirdaryo (98,4%)tumani va Guliston (98,5%) shaharlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 69 foizi Shirin shahri (53%) va Sirdaryo tumanii (16%), hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 38% ni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 3,3 punktga o‘sgan (3-o‘rin).

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4 273 ming.so‘mni (4-o‘rin), o‘sish sur’atlari 102,1% ni (1-o‘rin) tashkil etdi.

Shirin shahri (105 596 ming so‘m) va Sirdaryo (4 618 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari viloyat o‘rtacha darajasidan yuqori, Xovos (737 ming so‘m) va Sardoba (967 ming so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 51% qayta ishlash va 48% elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi – 0,5% va oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,5% ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (34%), ichimliklar ishlab chiqarish (28%) mashina va uskunalarni ta’mirlash va o‘rnatish (12%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

1 aprel holatiga 59 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalar soni 1652 tani tashkil etdi. KBSning jami sanoatdagi ulushi 31,3% tashkil etdi.

Xujakulov Ulug‘bek Suvonkulovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Telefon: 97- 127-72-80
E-mail: u.khujakulov@cerr.uz
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar