Statistika qo‘mitasi 2020 yilda aholiga nechi milliard so‘mlik bozor xizmati ko‘rsatilganini ma’lum qildi

Statistika qo‘mitasi 2020 yilda aholiga nechi milliard so‘mlik bozor xizmati ko‘rsatilganini ma’lum qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida respublikada 198 385,2 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 20 762,0 mlrd. so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,2 % ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:

Aloqa va axborotlashtirish – 11 663,1 mlrd;

Moliyaviy – 41 140,8 mlrd;

Transport – 48 518,1 mlrd;

shu jumladan: avtotransport – 26 500,6 mlrd;

Yashash va ovqatlanish – 5 347,7 mlrd;

Savdo – 51 611,7 mlrd;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 5 487,4 mlrd;

Ta’lim sohasi – 8 569,6 mlrd;

Sog‘liqni saqlash sohasi – 2 905,0 mlrd;

Ijara – 3 793,4 mlrd;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash – 3 099,9 mlrd;

Shaxsiy – 4 525,3 mlrd;

Me’morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 4 348,7 mlrd;

Boshqalar – 7 374,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar