Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-mart oylaridagi investitsiya ko‘rsatkichlari

Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-mart oylaridagi investitsiya ko‘rsatkichlari

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Viloyatda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 444,2 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128,6%), respublikadagi ulushi 4,9% (hududlar orasida 11-o‘rin)ni tashkil qilgan.

Viloyatda investitsiyalar o‘zlashtirilishida keskin differensiallik saqlanib qolgan. Xususan, kiritilgan investitsiyalarning 54,1 foizi viloyatning 4 ta hududi - Termiz shahri (16,8%), Boysun (16,4%), Denov (11,7%) va Termiz (9,2%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qumqo‘rg‘on (4,9%), Sherobod (4,7%), Oltinsoy (3,9%), Sho‘rchi (3,8%), Angor(3,6%), Uzun (2,9%), Muzrabot, Qiziriq (2,2%), Bandixon (1,9%) tumanlarida investitsiyalar oqimining pastligi kuzatilgan.

Hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar natijasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Bandixon (4 baravar), Uzun (3 baravar), Angor (2,5 baravar), Jarqo‘rg‘on (2,3 baravar) va Denov (2,2 baravar), Sho‘rchi (2,1%), Oltinsoy (1,9%), Qumqo‘rg‘on (1,6%) tumanlarida keskin o‘sish darajasini qayd etgan. Lekin, birgina Sariosiyo (57%) tumanida investitsiyalar oqimining pasayishi tendensiyasi kuzatilgan.

Viloyat bo‘yicha jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 888,7 ming so‘mni (Respublika ko‘rsatkichidan 527,3 ming so‘m kam), o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,7%ni tashkil qilgan holda respublika hududlari orasida 11-o‘rinni egallagan.

Tuman (shahar)lar kesimida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha Boysun (3,8 baravar), Termiz (3,2 baravar), Termiz shahri (2,4 baravar), tumanlarining ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Bandixon (1,5 baravar past), Sherobod (1,6 baravar), Oltinsoy (1,7 baravar), Qumqo‘rg‘on (1,8 baravar), Qiziriq (1,9 baravar), Sho‘rchi (2,1 baravar), Uzun (2,3 baravar), va Muzrabot( 2,4 baravar) tumanlari ko‘rsatkichining viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan pastligi qayd qilingan.

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha ham tumanlar o‘rtasida keskin tavofutning mavjudligi kuzatilgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Boysun tumanida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi Muzrabot tumaniga nisbatan 9 baravar, Uzun tumaniga nisbatan 8,5 baravarga ziyoddir.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 43,9 foizi chet el investitsiyalari hisobidan, 13,9 foizi – tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari, 37,3 foizi - korxona va aholining o‘z vositalari hisobidan, 4,9 foizi - davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Eldor Zayniddinov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qashqadaryo filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar