O‘zbekistonda 7 may sanasiga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining 15825 nafariga 54,9 mlrd so‘m miqdorida mukofot pullari to‘lab berildi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan mamlakatimizda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan edi.
Shuningdek, Prezident qaroriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan:
- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m;
- boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.
Izoh qoldirish