Nizom to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga doir minimal talablarni belgilaydi.
O‘z navbatida, ushbu hujjat qator maqsadlarni ko‘zda tutadi. Xususan,
- to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vazifalarini belgilash;
- to‘lov tizimlarida to‘lovlarning kiritilishi, uzatilishi, qayta ishlanishi, saqlanishida axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablarni yoritish;
- to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning to‘lov ma’lumotlarini ruxsatsiz o‘zgartirilishi, chetga chiqishi va boshqa salbiy ta’sirlarning oldi olish;
- masofadan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishda xavfsizlik va axborot muhofazasini ta’minlashdan iborat.
Nizom to‘lov tizimlarining xususiyatidan kelib chiqib, ular uchun axborot xavfsizligi tomonidan ichki tartib-qoidalarning ishlab chiqilishiga xizmat qiladi.
Ayniqsa, mazkur hujjat to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot muhofazasi lozim darajada ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega. Nizom 2020 yil 30 iyundan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish