Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini eng past narxini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatda keltirilayotgan ilovaga muvofiq, Toshkent shahrida yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining eng past narxi iqtisodiy zonalar kesimida tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman hokimliklariga:
- yakka tartibda uy-joy qurish uchun auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxati shakllantirish;
- yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilash vazifasi yuklanmoqda.
Hujjat bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz hamda muhokamada ishtirok etishingiz mumkin.
Izoh qoldirish