"Toshshahartransxizmat" AJ: tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga muvofiq yurtimizda karantin talablari yumshatilishi munosabati bilan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy sohalar faoliyati qayta tiklanishi belgilandi. Unga ko‘ra hududlar aro qatnovchi jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati ham joriy yilning 17 avgustidan boshlab qayta yo‘lga qo‘yiladi. Sanitarik va epidemiologik orastalikni saqlash maqsadida transport vositalarini dezinfeksiyalash qat’iy nazoratga olinadi, deyiladi "Toshshahartransxizmat" AJ xabarida.

Shu o‘rinda yo‘nalishga chiqish oldidan har bir haydovchi va chiptachi tana harorati tibbiy me’yorda bo‘lgan holda, tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanishi nazoratga olinadi.

Yo‘nalishga chiqish oldidan "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi har bir avtosaroyda har bir avtobus to‘liq dezinfeksiya qinadi. Qolaversa, har bir yo‘nalishdan qaytgan avtobus qayta dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Eslatma: Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar