Uy-joy shirkatlar tomonidan 7,4 mlrd so‘m maqsadsiz sarflangani aniqlandi

Uy-joy shirkatlar tomonidan 7,4 mlrd so‘m maqsadsiz sarflangani aniqlandi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, vazirlik huzuridagi inspeksiyasining Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining (TChSJ) majburiy badal va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishga oid 2020 yildagi faoliyati o‘rganishlari yakuniga ko‘ra, 465 ta holatda 7,4 mlrd so‘mlik mablag‘ maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.

Shulardan, 9 ta holatda noqonuniy ravishda sarflangan 837,7 mln so‘mlik mablag‘lar aybdor shaxslardan shirkatlar foydasiga qaytarilgan.

16 ta holatda 282,4 mln so‘m ish hajmiga qo‘shib yozilganligiga oid muammolar joyida bartaraf etilgan.

136 ta holatda 5,6 mlrd so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qilganligiga oid to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar