Uydan turib kredit tarixini tekshirish imkonini beradigan yangi servis ishga tushirildi

Uydan turib kredit tarixini tekshirish imkonini beradigan yangi servis ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxslar uchun onlayn rejimida o‘z kredit tarixini bilish imkonini beradigan yangi servis ishga tushirildi. Bu haqda Buxgalter.uz ma’lumot berdi.

Xizmat Kredit-axborot tahliliy markazi tomonidan taqdim etiladi.

O‘z kredit tarixingizni bilish uchun My.gov.uz orqali:

  1. OneID servisi orqali ro‘yxatdan o‘ting yoki kiring.
  2. “Moliya va bank” bo‘limida “Kredit tarixini olish” xizmatini tanlang.
  3. Ariza beruvchining so‘rovnomasini to‘ldiring.
  4. Kiritilgan barcha ma’lumotlarni tekshiring va sms-xabarnoma keladigan telefon raqamini tasdiqlang.
  5. Bir necha soniya davomida ko‘rsatilgan raqamga buyurtma raqami bilan xabarnoma keladi, My.gov.uz dagi shaxsiy kabinetda esa kredit skoring natijalari bilan fayl paydo bo‘ladi.

Kredit-axborot tahliliy markazi tomonidan taqdim etilgan axborotda quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:

- qarz oluvchining (ariza beruvchining) identifikatsiya ma’lumotlari;

- berilgan, ma’qullangan, rad etilgan buyurtmalar, shartnomalar va kredit majburiyatlari, kredit to‘lovlari bo‘yicha muddat o‘tkazib yuborilganligi, hisoblangan penya va ariza beruvchini “qora ro‘yxatga” kiritgan tashkilotlar bo‘yicha umumiy sharh;

- so‘rovga ishlov berish paytida Kredit-axborot tahliliy markazi bahosi bo‘yicha qarz oluvchining skoring balli.

Ma’lumot uchun, xizmat yilda bir marta bepul taqdim etiladi. Agar kredit tarixini tez-tez tekshirish zarurati bo‘lsa, har bir keyingi so‘rov uchun to‘lov 12 680 so‘mni tashkil etadi.

“SMS-xabarnoma” xizmati foydalanuvchini arizani ko‘rib chiqishning borishi va uning natijalari haqida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu xizmatdan foydalanish shart emas.

SMS-xabarnoma uchun har bir kiruvchi SMS xabar uchun 40 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi. Summani uyali aloqa operatori bevosita mijozning abonent schyotidan yechib oladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar