UZEX platformasida qisqa raqamlar sotila boshlandi

UZEX platformasida qisqa raqamlar sotila boshlandi

Joriy yil 5 avgust kuni “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati axborot tizimida talab qilib olinadigan raqamlar kombinatsiyasida qisqa (4 raqamlik) raqamlardan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksion o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzildi.

Mazkur kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’lumot xizmatlari uchun qisqa (4 raqamlik) maxsus raqamlarni onlayn-auksion tarzda sotish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.

Hamkorlik doirasida qisqa raqamlar ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida birjaning mobilraqam.uzex.uz platformasida onlayn-auksion tarzida sotila boshlandi.

Onlayn-auksionlarda faqat yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun mobilraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va birjaning hisob-kitob kliring palatasi (HKP)ga zakalat va vositachilik yig‘imi uchun kerakli mablag‘larni kiritishlari kerak.

Onlayn savdoda ishtirok etish tartibi bilan mobilraqam.uzex.uz saytiga joylashtirilgan video yo‘riqnoma orqali tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Onlayn-auksionda ishtirok etish masalalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, UZEX birjasining Call-markaziga (+71) 207-00-33 telefon raqami yoki @uzexfeedbackbot telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar