Paxta terimini mexanizatsiyalash jadallashtiriladi

Paxta terimini mexanizatsiyalash jadallashtiriladi

“Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (21-son, 14.01.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

  • birinchi bosqichda (2020 – 2022 yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;
  • ikkinchi bosqichda (2023 – 2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yig‘ishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etish jadallashtiriladi.


Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini Moliya vazirligi tomonidan qoplab berish amaliyoti 2020 yilda saqlab qolinadi.

Qaror bilan 2020 – 2026 yillarda respublikada paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi ma’qullandi.

Shuningdek, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida:

  • tender o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
  • butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQS to‘lashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berildi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar