Va nihoyat xushxabar: AQSh olimlari koronavirusni batamom bloklovchi antitanachani aniqlashdi

Va nihoyat xushxabar: AQSh olimlari koronavirusni batamom bloklovchi antitanachani aniqlashdi

AQShdagi Sorrento Therapeutics biofarmatsevtik kompaniyasi tadqiqotchilari koronavirusni batamom bloklovchi va uni inson organizmidan uch kun ichida chiqarib yuborishga qodir antitanachani aniqladilar. Bu haqda Fox News telekanali efirida kompaniya asoschisi Genri Ji ma’lum qildi.

Mutaxassislar ko‘plab antitanachalarni tadqiq qildilar. Xulosalarga ko‘ra, STI-1499 nomli antitanacha inson hujayralarini koronavirusdan himoyalashi mumkin. Antitanachaning ta’sir ko‘rsatish prinsipi u virusni “qoplab olib“, organizmdan chiqarib yuborishidan iborat.

“Bu dori ekanini ta’kidlaymiz. 100% foyda beradigan yechim topildi”, — degan Genri Ji.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar