Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktorlar kengashi koronavirus bilan kurashish uchun respublikaga 375 million dollar ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi jamg‘arma.
“Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun tezkor kredit mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini ma’qulladi», - deyiladi xabarda.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, imtiyozli kreditlar 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga 125 million dollar miqdoridagi tez foizsiz kreditlashni (Rapid Credit Facility) nazarda tutadi. Shuningdek, 250 million dollar miqdoridagi mablag‘lar 5 yillik muddatga tez moliyalashtirish vositasi shaklida, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga yiliga 1,05%da ajratiladi.
"Ushbu mablag‘lar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi jamg‘armani to‘ldirishga yo‘naltiriladi", - deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.
Izoh qoldirish