Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, bunda fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan 3 xil mazmundagi asos bo‘lgan ma’lumotnoma beriladi.
Xususan:
- fuqaro sog‘lig‘i tufayli O‘zbekiston Respublikasiga kelolmasligi;
- fuqaroga istiqomat qilib turgan respublikada pensiya yoki nafaqa tayinlanmaganligi;
- doimiy ro‘yhatda turmasligi to‘g‘risida.
Ushbu ma’lumotnomalar berilgandan keyin pensiya tiklanib, 12 oydan oshmagan muddatga to‘lab berilishi mumkin.
Qonunchilikda mazkur ma’lumotnomalar orqali pensiya tayinlanlash nazarda tutilmagan.
Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning bo‘linmasida saqlanadi.
Izoh qoldirish