XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotini 6,1 foizga o‘sishini prognoz qildi
World Economic Outlook hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish prognozi yaxshilandi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi World Economic Outlook hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda ilgari bashorat qilingan 5 foiz o‘rniga 6,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Ekspertlar 2022 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,4 foizga o‘sishini kutmoqda (avval — 5,3 foiz).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki ham O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozini 4,8 foizdan 6,2 foizgacha yaxshilagan edi. OTB ham o‘z hisob-kitoblarini qayta ko‘rib chiqib, 4 foiz o‘rniga 5 foiz belgilagan edi.
Izoh qoldirish