Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi

Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ushbu qaror loyihasi Madaniyat vazirligi tomonidan muhokamaga joylashatirildi.

Loyihaga ko‘ra, yagona elektron chipta sotish portalining yagona operatori MChJ shaklida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda "Yagona respublika protsessing markazi" MChJ (Uzcard) Operatorning muassislari hisoblanadi. Uzcard 51 foiz ulush bilan va jamg‘arma 49 foiz ulush bilan operator ustav kapitalida ishtirok etadi.

Operator tomonidan elektron chiptalarni sotib olish uchun sayt yaratiladi va uning faoliyati yuritiladi. Chipta sotish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun operatorga vositachilik haqini undirish huquqi beriladi.

Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Yagona tizim "O‘zbekiston temir yo‘llari", "Uzbekistan airways", "O‘zavtovokzal servis" DUK va respublika hududidagi barcha avtovokzallar va yo‘lovchilar avtostansiyalari, sport ob’yektlari va boshqa chipta sotish axborot tizimlarini integratsiya qiladi.

Qaror loyihasining muhokamasi 9 mayga qadar davom etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar