Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra 34,425 mlrd.dollarni tashkil etib, yanvar (35,13 mlrd dollar) oyiga nisbatan 713,9 mln.dollarga kamaygan.
Zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyutadagi zaxiralar hajmi 532,6 mln.dollarga kamayib, 12,54 mlrd.dollarni tashkil qildi.
Oltin zaxirasining miqdori o‘zgarmagan, biroq uning qiymati pasaygan. Oltin zaxirasi 20,77 mlrd dollarga baholangan bo‘lsa, yil boshida bu ko‘rsatkich 20,95 mlrd dollarni tashkil etdi. Narx jihatidan zaxiralar 175,1 mln.dollarga pasaydi.
1 feral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxirasining miqdori - 11,6 troy unsiya yoki 360,8 tonnaga teng.
Izoh qoldirish