Markaziy bank noyabr oyida oltin savdosini oshirdi

Markaziy bank noyabr oyida oltin savdosini oshirdi

Markaziy bank 1 dekabr holatida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari holatini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 34 mlrd. 749,4 mln. AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2021 yilning noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 462 mln. yoki 1,31 foizga kamaydi.

Zaxira aktivlar tarkibida monetar oltin 20,44 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Monetar oltin 1,23 mlrd. dollarga kamaygan bo‘lsa-da, umumiy zaxiralarning 58,82 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keladi.

Naqd valyuta va depozitlarning jami miqdori esa 13,20 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 778,4 mln. dollarga ko‘proqdir. Ushbu zaxiraning 307,6 mln. dollari boshqa markaziy banklarda, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) hamda Xalqaro hisob-kitoblar banki (XHKB)da, qolgan 12,89 mlrd. dollari esa bosh ofisi xorijda joylashgan banklarda saqlanmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar