1 apreldan Toshkentda uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin

1 apreldan Toshkentda uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Jumladan, farmon loyihasida "keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda", quyidagi takliflarga rozilik berish nazarda tutilmoqda:

  • 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilishda O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish;
  • O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish;
  • propiska tartibi bilan bog‘liq to‘siqlarni izchillik bilan bekor qilish;
  • propiskaga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirishning raqamlashtirilishini ta’minlash.

Muhokamaga kirib, o‘z fikringizni qoldirishingiz mumkin: http://2020.strategy.uz/

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar