Hukumat qarori (253-son, 28.04.2021 y.) bilan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.
Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:
- tuman (shahar)da – 300 ming so‘m;
- viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming so‘m;
- Respublika bo‘yicha – 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
Platformada fuqarolarning yurgan qadamlari hisobi soat 00:00 dan 23:59 gacha yuritiladi.
Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet do‘konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga o‘rnatishi lozim.
Buning uchun fuqarolar id.egov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishlari lozim.
Turizm-huquqiy axborot portali mobil ilovani yuklab olish, 10 ming qadam yurganlarni pul to‘lovchini qanday amalga oshirish bo‘yicha ma’lumot bergan.
Mobil ilovani qanday yuklab olsa bo‘ladi?
Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki Appstore internet do‘konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda “Android” operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga o‘rnatishi lozim.
10 ming qadam yurgan fuqarolar uchun pul to‘lovlari qanday amalga oshiriladi?
Mobil ilova avtomatik tarzda qadamlarni hisoblaydi. Nizomga muvofiq, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.
10 ming qadamdan oshiq yursa ham kuniga 3000 so‘m to‘lab beriladimi?
Kun davomida 10 ming qadamdan oshiq yursa ham 3000 so‘mdan pul to‘lovlari o‘tkazib beriladi, ammo oy davomida ko‘p yurgan qadamlar hisoblanib, hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:
• tuman (shahar)da – 300 ming so‘m;
• viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming so‘m;
• respublika bo‘yicha – 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi hamyonga o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish