14 oktyabr kuni sog‘liqni saqlash sohasida ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi

14 oktyabr kuni sog‘liqni saqlash sohasida ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi

Fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 14 oktyabr kuni sog‘liqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul o‘tkaziladi.

Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “Dori-darmon” AJ, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida tadbir davomida yuqori malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘riklar ham tashkil etiladi.

Ommaviy qabul joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Koronavirusga qarshi maxsus “Zangiota-2” klinikasi hududida o‘tkaziladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar