2020 yilda 246 mlrd.so‘m miqdorida byudjet pullari o‘zlashtirilgan. Eng ko‘p kamomadlar XTV va SSV tizimida aniqlangan

2020 yilda 246 mlrd.so‘m miqdorida byudjet pullari o‘zlashtirilgan. Eng ko‘p kamomadlar XTV va SSV tizimida aniqlangan

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablag‘larining maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta (2019 yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida 246 mlrd.so‘m miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd.so‘mni byudjetga tiklanishi ta’minlandi, deyiladi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

  • Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (29,8 mlrd.so‘m) nisbatan 3,2 martaga oshgan.
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (13,8 mlrd.so‘m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.
  • Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (8,3 mlrd.so‘m) nisbatan 2 martaga oshgan.
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (1,1 mlrd.so‘m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.
  • Shuningdek, Madaniyat (6,8 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (5,6 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport
  • (4,1 mlrd.so‘m), Qishloq xo‘jaligi (3,1 mlrd.so‘m) vazirliklari va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
  • “O‘zbekkino” milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
  • Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,5 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Surxondaryo (16,5 mlrd.so‘m), Farg‘ona (14,4 mlrd.so‘m), Toshkent (13,2 mlrd.so‘m), Jizzax (13 mlrd.so‘m), Samarqand (13 mlrd.so‘m), Sirdaryo (12,9 mlrd.so‘m), Namangan (12 mlrd.so‘m), Xorazm (6 mlrd.so‘m), Buxoro (3,6 mlrd.so‘m), Navoiy (2,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi: Shuni ta’kidlash joizki, 2020 yilda byudjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd.so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o‘tgan yil (2019 yilda – 7,2 mlrd.so‘m)ga nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.

Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 239,5 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar