2021 yilning birinchi choragida 387,1 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlandi

2021 yilning birinchi choragida 387,1 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlandi

O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida 2021 yilning birinchi chorak yakuni bilan 387,1 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlandi va belgilangan reja 122,0 foizga bajarildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati.

Natijada 238,2 ming tonna avtobenzin, 75,8 ming tonna dizel yonilg‘isi, 15,0 ming tonna aviakerosin hamda 23,8 ming tonna mazut yoqilg‘ilari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning birinchi choragida “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida jami 15,8 ming tonna Yevro-3, 4, 5 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi va iste’molchilarga yetkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi PQ–4664-sonli qaroriga asosan 2020 yilning 1 mayidan boshlab, “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi tomonidan neft mahsulotlari savdosi faqat birja platformasi orqali sotilishi yo‘lga qo‘yilgan.

"Xususan, joriy yilning birinchi choragida jami 186,8 ming tonna miqdordagi avtobenzin birja savdolariga chiqarilib, shundan 119,5 ming tonnasi iste’molchilarga yetkazib berildi. 76,4 ming tonna dizel yonilg‘isi birja savdolariga chiqarilib, shundan 70,7 ming tonnasi iste’molchilar yetkazib berildi. 8,3 ming tonna mazut yoqilg‘isi savdoga chiqarilib, shundan iste’molchilarga 1,2 ming tonnasi yetkazib berildi.

Boshqa turdagi neft mahsulotlari savdoga 7,7 ming tonna hajmda chiqarilgan bo‘lib, shundan 6,7 ming tonnasi O‘zbekiston Respublika Tovar-xomashyo birjasi savdolari orqali sotilgan.

Shuningdek, joriy yilning mart oyidan boshlab aviakerosin yonilg‘isi birja platformasi orqali sotilishi yo‘lga qo‘yilib, istemolchilarga qulay narxlarda yetkazib berilmoqda", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar