3 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Neft va gaz tarmog‘i transformatsiyasini amalga oshirishda tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi [668-son] qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» AJ 2021 yil noyabr oyida 700 mln AQSh dollari miqdorigacha xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishni tashkillashtiradi. Xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida (The London Stock Exchange) joylashtirish rejalashtirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJning xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishdan tushgan mablag‘lari Moliya vazirligi G‘aznachiligida «O‘zbekneftgaz» hisobraqamiga o‘tkaziladi va jamiyat ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.
Bundan «O‘zbekneftgaz» AJga quyidagilar yuklatildi:
- Mavjud qarz bitimlarida shuningdek, ushbu qarorda ko‘zda tutilgan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish uchun emissya risolasida qabul qilingan moliyaviy shart va talablar (kovenantlar) buzilmasligi va tegishli davr mobaynida bajarilishi;
- Xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishda zarur hisoblanadigan rasmiy hujjatlarda (shu jumladan, emissiya risolasida) jamiyatning barcha faoliyat yo‘nalishlari hamda berilgan kafolatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning yoritib berilishini ta’minlash.
«O‘zbekneftgaz» AJga istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKdan ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkazmasdan quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:
- «Ernst & Young» xalqaro auditorlik tashkiloti bilan «O‘zbekneftgaz»ning 2021 yil moliyaviy hisobotlarini tashqi auditdan o‘tkazish va auditorlik tashkilotning komfort xatini berish xizmatlarini bajarishga;
- Tashkilotchi kompaniyalar yoki ularning afillangan shaxslari bilan xizmatlar ko‘rsatishga;
- Xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish doirasida ishonchli vakil — BNY Mellon Corporate Trustee Services Limited, to‘lov agenti — The Bank of Nyu York Mellon (London Branch), listing va ro‘yxatga oluvchi agenti — The Bank of Nyu York Mellon SA/NV (Dublin Branch) kompaniyalari bilan tegishli protsessual xizmatlar ko‘rsatishga;
- London fond birjasi bilan xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishga.
Izoh qoldirish