“O‘zbekneftgaz”: Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida Gazprombankning moliyaviy ko‘magi yordamida investitsion loyiha amalga oshiriladi

“O‘zbekneftgaz”: Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida Gazprombankning moliyaviy ko‘magi yordamida investitsion loyiha amalga oshiriladi

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlari investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 2019 yilda imzolangan va hozirgi kunda o‘zlashtirilishi to‘xtab qolgan 300.0 mln dollar kredit liniyasining o‘zlashtirilmay qolgan 152.0 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini shu yilning oxirigacha o‘zlashtirishga kelishib olindi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning Rossiya Federatsiyasiga qilgan tashrifi doirasida, yirik moliyaviy hamkor “Gazprombank” AJ rahbariyati bilan muzokaralar olib borilgan.

Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi natijasida “GTL” zavodidan olinadigan yiliga 430 ming tonna sintetik naftani qayta ishlash orqali polietilen ishlab chiqarish hajmini yiliga qo‘shimcha 280 ming t (434,26 mln dollar miqdorida), polipropilen hajmini yiliga qo‘shimcha 100 ming t (170,21 mln dollar miqdorida), piroliz distillyati va moy hajmlarini yiliga qo‘shimcha 50 ming (7,88 mln dollar miqdorida) oshirish (jami 612,35 mln dollar miqdorida) rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 1784.0 mln dollarni tashkil etadi va qo‘shimcha 800 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar