“O‘zbekneftgaz” AJ: 10 noyabrdan boshlab “UNG” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan benzin narxi arzonlashdi

“O‘zbekneftgaz” AJ: 10 noyabrdan boshlab “UNG” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan benzin narxi arzonlashdi

10 noyabrdan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan, import qilingan AI-95 narxi 6600 so‘mdan 6300 so‘mga arzonlashtirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

“Bizni korxona bozor munosabatlariga to‘liq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabrdan boshlab UNG AYoQShlarida import va mahalliy Ai-92 benzini narxi 5500 so‘mga qadar arzonlashtirilgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar