Infografika: 2022 yil yakuni bo‘yicha Jizzax viloyati iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari tahlili

Infografika: 2022 yil yakuni bo‘yicha Jizzax viloyati iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil yanvar-dekabr oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 27,1 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104,7%ni tashkil etdi. YaHM tarkibida qishloq, xo‘jaligi ulushi 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,6 punktga kamaygan bo‘lsada (51,9%) respublikadagi eng yuqori darajada qolmoqda.

YaHMda sanoat ulushi 13,1% (+0,9), qurilish ishlari ulushi 5,6% (-0,3), xizmatlar ulushi 29,4% (+1,0), tashkil etdi.

Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, xizmatlar 115,7% (4-o‘rin), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 107,8% (7-o‘rin), iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 115,6% (7-o‘rin), asosiy kapitalga investitsiyalar 108,6% (7-o‘rin) o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligida (16 444 ming.so‘m) 2-o‘rin, chakana savdo aylanmasida (7 778 ming.so‘m) 5-o‘rin, YaHM (18 596 ming.so‘m) va asosiy kapitalga investitsiyalarda (7 374 ming.so‘m) 6-o‘rinda.

Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 2 946,4 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 946 ming so‘mga kam, 10-o‘rin).

Joriy yilda 4 505 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilib, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 24 251 tani tashkil etib, ularning 92.7% yoki 22 474 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda. Kichik biznes sub’yektlarining 30% savdo, 22% xizmat ko‘rsatish, 21% qishloq xo‘jaligi, 18% sanoat, 10% qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatishmoqda. Kichik biznes sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 78,4%, sanoatda 48,9%, qishloq xo‘jaligida 98,3%, investitsiyalarda 73,5% ni tashkil etdi.

Viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi xorxonalar soni 228 tani tashkil etib, yil davomida ular soni 15 ta yoki 7% oshdi. Xorijiy kapital ishtirokidagi xorxonalarning sanoatdagi ulushi 32,2%, eksportda 34,9%, importda 33,2%ni tashkil etdi.

Xujaqulov Ulug‘bek
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar