2022 yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 794,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish suratlari 100,6%ga oshgan, respublikadagi ulushi 3,2%ni (11-o‘rin) tashkil etdi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 9,1 mln. so‘mni (8-o‘rin), o‘sish suratlari 99,3%ni tashkil etdi.
Nukus. sh (28,7 mln. so‘m) va Taxiatosh (28,7 mln. so‘m), Mo‘ynoq (8,3 mln. so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori hamda Bo‘zatov (1,4 mln. so‘m), Chimboy (2,6 mln. so‘m) va Beruniy (2,6 mln. so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Nukus shahri (Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmining 53,4% ), Taxiatosh (12,2% ), Qo‘ng‘irot (5,2% ), To‘rtko‘l (3,9% ), Amudaryo (3,4%), Beruniy va Ellikqal’a (2,9%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 31,9%ni tashkil etdi va 2021 yilga nisbatan 1,7 punktga kamaydi.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 3 744,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 21,0% (2021 yilda 22,4%)ni tashkil etdi.
Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqariladigan sanoat ulushi – 86,5%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi - 11,9%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,7%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,9%ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 58,5%, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 14,8%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 16,4% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 10,3%ni tashkil etgan.
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqariladigan sanoatda 3,9 ming tonna tozalangan guruch (2021 yilning mos davriga nisbatan 14,8%ga), 288,9 ming tonna portlandsement (6,4%), 37,4 ming tonna paxta tolasi (4,1%), 53,1 ming tonna paxta chigiti (4,1%) ishlab chiqarilib, yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi. Shuningdek, 4,6 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i (-33,6%), 107,2 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni (-14,6%), 3 748,4 ming litr aroq (-6,2%), 16,1 ming tonna kalava ip (-1,2%), ishlab chiqarilib, 2021 yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 319,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 109,5%ni, uning jami sanoatdagi ulushi 18,7%ni tashkil etdi.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 836 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,0%ni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 44 ta loyiha bo‘yicha 612,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 12,7 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.
Izoh qoldirish